Angliyaning bir shahrida qiziqarli odat bor edi. Cherkovga kelib, qoʻlini Bibliyaga qoʻygan holda, bir yil davomida qilgan ishidan biror marta ham afsuslanmaganiga qasamyod qilgan kishiga mukofot sifatida katta dudlangan goʻsht (okorok) bepul berilardi. Solnomalarda yozilishicha, 1244-yildan 1772-yilgacha ushbu faxriy sovrin uchun atigi 8 nafar daʼvogar topilgan. Bu nima ekanligini ayting.