1232-yilda moʻgʻullar Kay-Feng-Fu shahrini qamal qilganda, xitoyliklar birinchi marta “osmonni larzaga keltiruvchi momaqaldiroq” deb nomlangan qurolni qoʻllashgan. Yevropada bunday qurol kechroq, 14-asrda paydo boʻlgan. Frayburg shahrida ushbu qurolning paydo boʻlishiga sababchi boʻlgan insonga haykal qoʻyilgan. Garchi bu shaxs xayoliy boʻlsa-da, uning nomi mashhur rus romanidagi bir muassasaga berilgan edi. Qaysi muassasa?
Yotoqxona (porox ixtirochisi deb hisoblanadigan rohib Bertold Shvars nomidagi yotoqxona, “Oʻn ikki stul” asarida).