Pravoslav taqvimida 12 ta oʻzgarmas bayram bor. Ulardan biri — Xushxabar (Blagoveshcheniye) kuni boʻlib, u baʼzi yillarda Fisih (Pasxa) bayrami bilan bir vaqtga toʻgʻri keladi. Xushxabar bayrami milodiy IV asrda joriy etilgan. Nima uchun ilohiyotchilar u uchun zamonaviy taqvimda 7-aprelga toʻgʻri keladigan sanani belgilashgan?
Ilohiyotchilar Xushxabar sanasini Iso Masihning tugʻilgan kunidan (7-yanvar yoki eski uslubda 25-dekabr) 9 oy orqaga hisoblab belgilashgan.