"Xullas, do'stim, — deydi Sokrat o'z tinglovchisi Simmiyga, — avvalo shuni aytishadiki, u Yer 12 bo'lak teridan tikilgan va turli ranglar bilan naqshlangan koptokka o'xshaydi. Musavvirlarimiz foydalanadigan bo'yoqlar bu ranglarga namuna bo'lishi mumkin, ammo u yerda butun Yer shunday ranglar bilan, hatto ancha yorqinroq va tozaroq ranglar bilan tovlanadi". Ayting-chi, Sokratning so'zlari bilan aytganda, "u Yer" qanday ko'rinishini aniq tasvirlab bera olgan birinchi inson kim edi?
Yuriy Gagarin — gap Yerning kosmosdan ko'rinishi haqida ketmoqda.