AQSHda bunday odamlar 12 million kishi, yaʼni taxminan 6% ni tashkil qiladi. Ularga Xristofor Kolumb ham, Leonardo da Vinchi ham kiradi. Ammo ularning klubini tuzgan Stiven Duglasning fikricha, ularning huquqlari surbetlarcha poymol qilinmoqda: ularga kinoda kam rol beriladi, teleekranlarga chiqarilmaydi, reklamalarda ishtirok etishiga deyarli yoʻl qoʻyilmaydi. Lekin, aftidan, ularning hammasi ham yaxshi emas, chunki biz bolaligimizdan ular qatoriga kiruvchi bir "qotil" haqida bilamiz. Uning jinoyat qurolini ayting.