Bir kuni Belgiyaning kurort va port shahri Ostendeda deyarli baxtsiz hodisa yuz berdi. Balandligi 12 metr boʻlgan poʻlat chiroq ustuni yonidan oʻtayotgan avtomobildan bir necha santimetr nariga qulab tushdi. Tekshiruv davomida maʼlum boʻlishicha, oʻsha markaziy bulvardagi yana 44 ta ustun kritik holatda va almashtirishga muhtoj, bunga shamol yoki quruvchilarning eʼtiborsizligi sabab emas ekan. Bunday jiddiy zararga nima sabab boʻlgan?
Kimyogar ekspertlarning xulosasiga koʻra, yiqilgan ustun va qolganlarining asosi Ostende aholisi va turistlar markaziy bulvarda sayr qildiradigan itlarning peshobidagi kislota va tuzlar taʼsirida yemirilgan.