Yaponiyaning "Pet plen 110" kompaniyasida hayvonlarni vaqtincha ijaraga olish mumkin. Masalan, oyiga 400 ming iyen evaziga kompaniya xodimi biron bir ofisga muloyim, tarbiyalangan itni olib keladi, u kun boʻyi xizmatchilarning stollari orasida aylanib yurib, erkin muhit yaratadi. Xoʻsh, qadoqlangan nonushtalar ishlab chiqaradigan bir firma qaysi hayvonni ijaraga olgan?
Choʻchqani (firma ishchilari ish paytida chaynash odatiga ega boʻlib, ortiqcha vazndan aziyat chekishgan, natijada — har biri 3 hafta ichida 10 kg dan vazn tashlagan).