gotquestions.online

Angliya Qirollik psixiatriya kollejining tibbiy ekspertlar guruhi uning biografiyasini o‘rganib chiqib, unga ayanchli tashxis qo‘yishdi: sadist-psixopat. O‘zingiz hukm qiling: 11 yoshida ota-onasidan ayrilgan. O‘shandan beri u doimiy stresslar tufayli kuchayib borgan posttravmatik ruhiy buzilishlardan aziyat chekkan. Vaqt o‘tishi bilan boshidan olgan zarbalari vaziyatni yanada murakkablashtirgan. Amfetaminlarni me’yorsiz iste’mol qilish va haddan tashqari ko‘p jinsiy aloqalar uni muqarrar ravishda impotent qilib, yurak xuruji yoqasiga olib kelgan bo‘lardi. Erkak kishi yana prezervativdan ham foydalanmasa... Xullas, savolga javob bering: biz u haqida ilk bor kimdan eshitganmiz?

Manba