"Oushenning 11 doʻsti" filmida yangragan qisqa muloqotni tinglang: — Sen buni qilishni yaxshi koʻrasanmi? — Faqat ertalablari. Oʻtgan asrning 30-yillarida qurilgan, dastlabki yillarida 331 ming tonna vaznga ega boʻlgan inshoot, yaratuvchilarining xohishiga zid ravishda, faqat buni qilish uchun ishlatilgan. Biz "buni qilish" soʻzlari bilan almashtirgan, bir xil harf bilan boshlanadigan ikki soʻzni va ushbu inshootni ayting.