gotquestions.online

1889-yil 11-iyunda Rafaele Espozito endigina birlashgan Italiya qirolligi rahbari boʻlgan qirol Umbertoning rafiqasi, qirolicha Margerita uchun pitsa pishirishga taklif qilinadi. Baʼzi tarixchilarning fikricha, qirolicha oʻz fuqarolarining sevimli taomi — pitsani ular bilan baham koʻrib, ularning koʻnglini ovlamoqchi boʻlgan. Saqlanib qolgan maʼlumotlarga koʻra, tayyorlangan pitsa turlaridan biri pomidor, oppoq "motsarella" pishlogʻi va rayhonning (bazilik) maxsus navini oʻz ichiga olgan. Agar bunday pitsa, masalan, zamonaviy Kanadada pishirilganida, unda qaysi komponent boʻlmas edi?

Manba