Bu ikki kishining tugʻilgan joyi hammaga maʼlum, ammo tugʻilgan sanasi — 1811-yil 11-may ekanligi kamroq maʼlum. Ularning xotinlari AQSHdan boʻlganini, birining 10 ta, ikkinchisining 12 ta farzandi boʻlganini ham hamma bilavermaydi. Ular 1874-yilda vafot etishgan. Ulardan ikkinchisining oʻlimi sababini ayting.