Ushbu raqamlarni yozib oling: 1096, 1147, 1189, 1202 va hokazo. Rabbi Yosef Telushkin sakkiz yoshida bobosining uyiga mehmonga borganini eslaydi. Kitoblarni koʻp oʻqigan bola birdan: "Bular qanday ajoyib odamlar boʻlgan!" deb hayqirib yuboradi. "Dasturxon atrofida goʻyo men buvimning qiymali baligʻini choʻchqa goʻshti bilan almashtirishni taklif qilgandek ogʻir sukunat choʻkdi". Bola kimlar haqida gapirgan edi?