Ilgari ushbu sintez mahsulotlariga nomlar oʻz xohishlariga koʻra berilardi, biroq keyinchalik nom berish huquqi maxsus xalqaro komissiyaga oʻtkazildi. Mendeleyev jadvalidagi 104-element komissiya bilan kelishilmasdan avval kurchatoviy deb atalgan, keyinchalik esa rasman rezerfordiy deb oʻzgartirilgan, chunki Rezerfordning yadro sinteziga qoʻshgan hissasi Kurchatovnikidan ancha salmoqliroq. Ammo kompensatsiya sifatida 105-elementga biron bir olim nomi bilan bogʻliq boʻlmasa-da, maxsus nom berildi. Ushbu nomni ayting.