Oqshom qoʻngʻirogʻi — Yevropada bundan 1000 yil avval maʼlum boʻlgan odat. Angliyaning baʼzi shaharlarida u 19-asr oxirigacha saqlanib qolgan. Qishda qoʻngʻiroqlar kechki soat 8-9 larda, yozda esa quyosh botishi bilan chalingan. Shu tariqa hukumat shaharliklarga kaminlardagi olovni oʻchirish va uxlashga yotish kerakligini bildirgan. Bu odatdan maqsad nima edi?