"Time" jurnali uni XX asrning 100 ta eng nufuzli kishilari roʻyxatiga kiritgan, Parij gazetalari esa bu tinchliksevar chet ellik haqida shunday yozgan edi: "Fashizmni tor-mor etish va Fransiyani ozod qilish uchun u butun boshli diviziyalardan koʻra koʻproq ish qildi". Qizigʻi shundaki, bu odamning ajdodlari, familiyasiga qaraganda, IX asrdan beri Fransiyaga qaram boʻlgan, XIV asrda esa hatto u tomonidan bosib olingan hududdan kelib chiqqan. Bu odamni ayting.