"Tarixning 100 ta mashhur jumboqlari" kitobi mualliflari Soxta Dmitriy I jumbogʻi haqida yozishadi: "U aslida kim? [uchta soʻz tushirilgan]? Rohibmi yoki monarxmi? Ikki marta tirilganmi? Ikki marta oʻldirilganmi?". Tushirib qoldirilgan uchta soʻz 1881-yilda dunyo yuzini koʻrgan roman nomidan atigi ikki harfga uzunroq. Ushbu roman muallifini ayting.