U Oltin baliqcha va Bukri otcha bo‘lgan, Olov-qushga aylangan, ham kelin, ham kuyov bo‘lib ko‘ringan. Nikolay Vasilyevich Gogol tavalludining 100 yilligiga u adibning adabiy qahramonlari obrazida namoyon bo‘ldi, saksoninchi yillarning oxirida esa siyosatga aralashdi. U kim?
Zagorsk o‘yinchoqlar muzeyida va Moskva vernisajlarida bu obrazlarning barchasida rus matryoshkasini ko‘rish mumkin.