Kimsasiz qirgʻoqda ULAR bilan qanchalik shafqatsiz munosabatda boʻlingani haqidagi gʻamgin hikoyani kichkina qizchaga ikki egizak aka-uka aytib berishgan. Lev Tolstoyning sevimli qahramonining fikricha, ULAR odamga tushlikda imkon qadar uzoqroq och qolishga yordam beradi. Yangi Zelandiyalik Mayk Rachga esa ularni ochish tezligi boʻyicha jahon rekordi tegishli (yoki har holda tegishli boʻlgan): 2 daqiqa 20 soniyada 100 dona. ULAR kimlar?