Marketingda "IKS uchun nutq" atamasi mavjud — bu mahsulot, loyiha yoki xizmat konsepsiyasi haqidagi qisqa hikoya boʻlib, uning taqdimoti taxminan oʻttiz soniya davom etishi yoki taxminan 100-150 soʻzdan iborat boʻlishi kerak. Oʻtgan asrning 60-yillarida "Deportivo La-Korunya" futbol klubi bir necha bor Primeradan Segundaga tushib ketgan va yana qaytib chiqqan. Klub tarixiga ushbu davr "IKS davri" nomi bilan kirgan. IKSni ingliz tilidan kirib kelgan soʻz bilan ayting.