Londonning bir firmasi oʻz mahsulotining 100 ming donasining taqdirini tekshirishga qaror qildi. Maʼlum boʻlishicha, faqat beshdan bir qismi oʻz maqsadida foydalaniladi. 14 foizi telefon suhbatlari paytida sindiriladi, 19 foizi qarta oʻyinida garov sifatida ishlatiladi, 7,2 foizi shim ushlagich va lifchiklar uchun qoʻlbola ilmoqlarga aylanadi, 5,4 foizi tish va quloq kovlashga sarflanadi, 5,3 foizi tugmalarni sugʻurib olishga ketadi, qolgani esa polga sochilib ketadi va bolalar tomonidan tashib ketiladi. Bu qanday mahsulot?