Yevropa Ittifoqida haydovchilik guvohnomasini olish uchun ariza toʻldirayotganda, boʻlajak haydovchi vafotidan keyin organ donori boʻlishga roziligini belgilashi kerak. Turli mamlakatlarda rozilik berganlar foizi keskin farq qiladi — masalan, Avstriyada haydovchilarning deyarli 100 foizi oʻz organlarini topshirishga rozi, Germaniyada esa — bor-yoʻgʻi 12 foiz atrofida. Avstriyadagi anketada mavjud boʻlgan, ammo Germaniyadagida yoʻq narsani ikki soʻz bilan ayting.