Bir safar Florida boʻylab sayohat qilayotib, avtomobil magnati Genri Ford shosseda oʻzining hashamatli mashinasini tuzatishga urinayotgan, ammo uddalay olmayotgan odamni koʻrib qoldi. Ford baxtsiz haydovchiga yordam berishga qaror qildi, kapot ostiga qaradi, nimadirni buradi — avtomobil oʻt oldi. Xursand boʻlgan mashina egasi minnatdorchilik belgisi sifatida qutqaruvchisiga 10 dollar taklif qildi. Ammo Ford rad etib, oʻzining sharoiti yetarli darajada yaxshi ekanini aytdi. "Oh, uzr soʻrayman, — deb javob berdi avtomobilchi, — hammasiga ... aybdor". Xoʻsh, Genri Fordning boyligini past baholashga nima sabab boʻlgan edi?