gotquestions.online

Yaqinda Britaniya bosh vazirlari qarorgohi — Dauning-strit, 10 manziliga Xemfri ismli kimsa ishga qabul qilindi. U hech bir sog‘lom fikrli inson rozi bo‘lmaydigan ishni bajarishi kerak. Bu ish kecha-yu kunduzgi navbatchilik, stressli vaziyatlar va murosasiz kurash bilan bog‘liq. Agar Xemfrining ishi yashirin kameraga olinsa, detektiv, vestern, o‘ziga xos myuzikl va hatto qonni muzlatuvchi dahshatli film elementlariga ega film hosil bo‘lardi. Inglizlar haq — bunday mas’uliyatli ishni jonsiz avtomatlarga ishonib bo‘lmaydi. "Tayms" gazetasi ushbu voqea haqidagi reportajida Xemfri "millatning jasur xizmatkorlarining yorqin ro‘yxatini to‘ldirishiga" ishonch bildirdi. Shunday qilib, Xemfriga nima vazifa yuklangan?

Manba