AQSHda hayvonlar hayotiga gʻamxoʻrlik qilish va u yerda hayvonlar uchun juda xavfli boʻlgan hududlarning mavjudligi maxsus obʼyektlar qurishni taqozo etadi, ularning har birining qurilishi million dollardan ortiqqa tushadi. Florida shtatidagi shunday obʼyektlardan birida avtomatik kamera orqali olingan tasvirlar maʼlum vaqt ichida u yerda 10 ta pantera, 9 ta alligator, 367 ta kiyik, 133 ta silovsin, 2 ta qora ayiq, 167 ta yenot, koʻplab qushlar, itlar, mushuklar, shuningdek, odamlar va chiqindilar boʻlganini koʻrsatdi. Ushbu obʼyektni nomlang.