Sondan kelib chiqqan bu termin shaxmatda nisbatan yaqinda paydo boʻldi. Xoʻsh, undan 10 baravar katta boʻlgan boshqa bir sondan kelib chiqqan termin qaysi sport turi bilan bogʻliq?
Alpinizm. Shaxmatda oxirgi paytlarda reytingi 2700 dan yuqori boʻlgan grossmeysterlarni "yetti yuzchilar" deb atashadi. "Yetti mingliklar" esa balandligi 7000 metrdan ortiq boʻlgan choʻqqilardir.