Insoniyat tarixidagi eng koʻp iqtibos keltiriladigan 10 muallif roʻyxatida 8-oʻrinni amerikalik tilshunos Xomskiy egallaydi. U Gegel va Sitserondan oʻzib ketgan, ammo Freyd, Platon, Aristotel, Bibliya, Shekspir va Marksga imkoniyatni boy beradi. Ilmiy nuqtayi nazardan u ushbu oʻnlikda noyob xususiyatga ega. Sheʼriyat nuqtayi nazaridan esa, roʻyxatdagi 2-oʻrin sohibi bu xususiyatga koʻproq ega. Bu qanday xususiyat?