Bu odamlar aslo ismdosh boʻlmagan. Ularning tarjimai hollarida oʻxshash jihatlar bor: ikkalasi ham sanʼat olamiga mansub edi, aftidan bir vaqtda yashashgan, taxminan bir xil umr koʻrishgan va taxminan 10 yil farq bilan vafot etishgan. Birining ajdodlari, shekilli, ikkinchisining ajdodlari bilan qoʻshni mamlakatlarda yashagan. Birinchisi butun ijodini oʻzining tugʻilgan shahriga bagʻishlab, oʻz nomini abadiylashtirdi. Ikkinchisining asarlarini esa hech kim hech qachon koʻrmagan va eshitmagan, ularni qayta tiklashning ham imkoni yoʻq. Lekin ularni birlashtirib turadigan asosiy narsa — bu gʻayritabiiy oʻlim. Biz ularning oʻlimiga nima sabab boʻlganini soʻramaymiz, bu ikki shaxsni ayting.