Olimlarning hisob-kitoblariga koʻra, bunday sakrashlar vaznni meʼyorga keltirish uchun ideal vositadir: 10 daqiqalik sakrash jismoniy sarf-xarajat boʻyicha 40 daqiqalik yugurishga teng. Amerikada hozirda ushbu sakrash turi boʻyicha assotsiatsiya faoliyat yuritmoqda, u hatto Olimpiya qoʻmitasiga ushbu sport turini Olimpiya oʻyinlari tarkibiga kiritishni taklif qilgan. Hatto choʻntakka ham bemalol sigʻadigan, ushbu sakrashlar uchun zarur boʻlgan narsa nima?