Dunyo belgi-ramzlar va narsalardan iborat, ammo yerdagi har bir narsa oʻzining transsendent ramziga ega. Avgustin Blajenniy. Maʼlumki, oʻrta asrlar jamiyatining butun hayoti va ayniqsa madaniyati chuqur simvolizm bilan sugʻorilgan edi. Bu simvolizm ayniqsa sonlarda keng tarqalgan. Masalan, oʻrta asr odami uchun 10 soni — amrlar soni. 3 soni — muqaddas uchlik. 12 soni havoriylar soniga mos keladi. 7 soni ortida qanday simvolika yashiringan?