AQSHning "Uelkomberrouz" kompaniyasi, Xudo kabi, oʻz izdoshlariga — boshqaruvchilari uchun 10 ta amrni taqdim etdi. Ikkinchisidan boshlab bular: etika, shaxsga hurmat, jamoaviy ishlash qobiliyati, tadqiqotlarga sodiqlik, novatorlik, ish sifati, moslashuvchanlik, fuqarolik tuygʻusi va samaradorlikdir. Kompaniyaning ishlari yaxshi, bizniki esa unchalik emas: zero, bizda hamma amrlarga ham amal qilinmaydi, asosiy muammo esa bu yerda tushirib qoldirilgan birinchi amr bilan bogʻliq boʻlib, uni siz roppa-rosa bir daqiqadan soʻng tiklashingiz kerak. Sahna ortida javob yozib qoʻyilgan, ammo ishonchim komilki, siz unga qaramaysiz.