Kitlar bir-biri bilan qoʻshiq aytish orqali muloqot qilishi maʼlum. Odatda kitlar oʻz qoʻshiqlarini 10 dan 20 gertsgacha boʻlgan chastotada kuylashadi, ammo dunyoda qoʻshigʻi 52 gerts chastotada yangraydigan noyob bir tur mavjud. Bu kitni dunyodagi eng yolgʻiz kit deb atashadi, chunki uning turdoshlari uni tushuna olmaydi. Kitni oʻrgangan olimlarga SHUNDAY odamlardan maktublar kelgan va ularda kit ham SHUNDAY ekanligi haqidagi taxminlar bildirilgan. Qanday?