Italiyada davlat va munitsipal muassasalarga vafot etganiga 10 yil toʻlmagan shaxslarning nomini berish taqiqlangan. Bu holat Juzeppe Mentezanoning "Ozod Kuba" romani uchun syujet asosi boʻlib xizmat qilgan — bir mashhur insonning ashaddiy muxlislari boʻlgan bir guruh neapollik yoshlar uni oʻldirish uchun Kubaga kelishadi. Ammo ular uni zaharlamoqchi boʻlgan bayramga u Fidel Kastro kabi kiyinib keladi, Fidel Kastro esa uning qiyofasida keladi — natijada Kastro vafot etadi, uni esa Kuba qiroli deb e'lon qilishadi. U kim?