Maʼlumki, atom proton va neytronlardan iborat yadro hamda uning atrofida aylanuvchi elektronlardan tashkil topgan. Odatda atomlarning oʻlchami mikronning mingdan bir qismidan oshmaydi. Ammo diametri qariyb 10 kilometr boʻlgan oʻta ulkan atomlar ham mavjud! Ularning birinchisi 1967-yilda kashf etilgan, hozirda esa mingdan ortigʻi maʼlum, boz ustiga ularning barchasida protonlarga qaraganda neytronlar ancha koʻp. Aynan shuning uchun ham ular... Qanday nomlangan?