1902-yil 10-mayda eng goʻzal orollardan birida saylovlar boʻlib oʻtishi kerak edi. Biroq aprel oyi boshidan aholini orolni tark etishga majbur qiladigan xavf belgilari paydo boʻla boshladi. Ammo agar orolning badavlat aholisi uni tark etsa, saylovda gubernatorning raqiblari gʻalaba qozonardi. Qochishga toʻsqinlik qilishni istagan gubernator qoʻshinlarni ishga soldi, yoʻllarda va portda kordonlar oʻrnatdi. Saylovga uch kun qolganda ushbu falokat yuz berdi va unda 30 ming kishi halok boʻldi. Gʻalati tasodif tufayli omon qolgan ikki kishidan biri oʻsha kuni qatl etilishi kerak boʻlgan qotil edi. Endi falokat sababini va joyini ayting.