Bundan 10 yildan koʻproq vaqt oldin berlinlik 19 yoshli rassom yuqori pochta maʼmurlariga miniatyura grafikasi sanʼatini mukammal egallaganini namoyish qilmoqchi boʻldi. Shu maqsadda u muomaladagi markalardan birining nusxasini yasab, uni xatga yopishtirdi va pochta maʼmurlariga yubordi. Bir muncha vaqt oʻtgach, gazetalar tan olinishni istagan yosh rassomning nozik va mahoratli ishi yuqori baholanganini yozishdi. Rassom ushbu gazetalarni oʻqiyotganda qayerda edi?