Atirguldoshlar oilasiga mansub daraxt va butalar turkumi; mevali ekin. 10 turi bor, asosan Osiyoda. Isteʼmol qilinadigan mevalarida shakar, organik kislotalar, vitaminlar koʻp; shuningdek, turli nomlarga ega quritilgan mevalari ham ishlatiladi. Hosildorligi — bir daraxtdan 100-150 kg. Bol beruvchi oʻsimlik. Eng koʻp hosil Italiya, AQSH, Turkiya, Oʻrta Osiyo va Kavkazortida yigʻiladi. Mevasining nomi nima?