gotquestions.online

Oʻz vaqtida sof iqtisodiy sabablar koʻplab mamlakatlarni bir muammoning yechimini izlashga majbur qilgan. Masalan, yetarlicha aniq hisob-kitob uchun muallif turli vaqtlarda Ispaniya qiroli Filipp II dan 10.000 ekyu, yoki Lyudovik XIV dan 100.000 livr, yoki Angliya parlamentidan 20.000 funt, yoki hatto Gollandiya Bosh shtatlaridan 100.000 florin olishi mumkin edi. Kamroq aniqlik mukofotni mutanosib ravishda kamaytirardi. Taʼkidlash joizki, voqealari 1864-yil 26-iyulda boshlangan adabiy asar qahramonlari ham shunday muammodan tashvishda edilar. Qaysi muammoning yechimi shunchalik katta pul keltirishi mumkin edi?

Manba