gotquestions.online

[Chigalyozdi] Duplet. 1. XVIII-XIX asrlardagi Rossiyada dvoryan avlodlarining nikohsiz tugʻilgan farzandlariga baʼzan otalarining qisqartirilgan familiyalari berilgan. Masalan, Trubetskoyning oʻgʻli Betskoy, Repninning oʻgʻli Pnin familiyasini olgan va hokazo. Rossiyaning ikki siyosiy arbobini ayting, ulardan ikkinchisi yuqoridagi qoidaga koʻra birinchisining "avlodi" deb hisoblanishi mumkin edi. 2. Ushbu ikki geografik obyekt hududiy jihatdan bitta Yevropa davlatida joylashgan. Birinchisi — arxipelag, ikkinchisi — shahar. Birinchi obyektning nomi it zotining nomiga ikkinchi obyektning nomini qoʻshish orqali hosil boʻladi. Har ikkala obyektni ayting.

Manba