1. U 1914 yilda ochilgan boʻlib, Atlantika va Tinch okeanlarini bogʻlaydi. Dastlab Fransiya tomonidan qurilish ishlari boshlangan, ammo kasalliklar va texnik qiyinchiliklar sababli, loyiha AQSh tomonidan yakunlangan. U orqali kema qatnovi sezilarli darajada qisqarib, xalqaro savdoda muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Savol: Uni ikki soʻzda yozib bering, || 2. U 1869 yilda ochilgan boʻlib, Oʻrta Yer dengizini Qizil dengiz bilan bogʻlaydi. Uning qurilishi Fransiya muhandisi Ferdinand de Lesseps boshchiligida amalga oshirilgan. 1956 yilda Misr prezidenti tomonidan milliylashtirilishi xalqaro siyosiy inqirozga olib kelgan. Savol: Uni ikki soʻzda yozib bering.