1-oʻrinni aniqlash uchun 5-qoʻshimcha savol. Kolibri – 50 metr uzunlikka ega. Oʻrgimchakning oʻlchami 46 metr. Kondorga tegishli oʻlcham esa 129 metr. Kaltakesak 188 metr uzunlik bilan rekordchi. Hayvonot olamiga qiziquvchilar bu raqamlar reallikka mos emasligini taʼkidlashlari mumkin. Savol: Qaysi davlat janubiga borilsa, bu jonivorlar bilan bogʻliq bu raqamlar haqqoniy koʻrsatkichlarga aylanadi?