gotquestions.online

Duplet. Har biriga oʻttiz soniyadan muhokama vaqti beriladigan ikkita savol. Javoblar bitta blankada topshiriladi. 1. Hitman oʻyinining missiyalaridan birida ruscha versiyada BOʻSHLIQ deb nomlangan chellenjni bajarish mumkin. Buning uchun qizil yoki yashil kiyim kiyish va qoʻlbola quroldan foydalanish kerak, missiyani esa muvaffaqiyatsiz tugatmaslik lozim. BOʻSHLIQni juft undoshlar bilan boshlanadigan ikkita ot bilan toʻldiring. 2. Bir romanda jinoyatchi sigaret ishlab chiqarish uchun qul mehnatidan foydalanadi, biroq yakunda uning siri fosh boʻladi. Ushbu romanning nomi rus tiliga juft undoshlar bilan boshlanadigan qaysi ikkita ot bilan tarjima qilingan?

Manba