Bir kuni amerikalik millioner tushlikka ikki mashhur shaxmatchi — Emmanuel Lasker va Geza Marotsini taklif qildi. Tushlikdan oldin u ularga partiya oʻynashni taklif qildi, ammo shaxmatchilarni syurpriz kutayotgan edi — barcha figuralar turli spirtli ichimliklar bilan toʻldirilgan shisha idishlar koʻrinishida yasalgan boʻlib, ularning hajmi va darajasi figuraning qiymatiga bogʻliq edi. Oʻyin shartiga koʻra, raqib figurasini urgandan soʻng, oʻyinchi uning ichidagining hammasini ichishi shart edi. Ikki yurishdan soʻng (1. e4 e5 2. Vh5 Otc6) doskada sizga berilgan pozitsiya yuzaga keldi. Tarqatma kartochkada oqlar bilan oʻynagan Lasker oʻzining navbatdagi yurishini amalga oshirgan katakni belgilang, agar u partiyada gʻalaba qozongani maʼlum boʻlsa.