Birinchi jahon urushi paytida havo bombardimoniga uchragan ingliz shaharlarida baʼzi doʻkon egalari aholiga maʼnaviy dalda berish va birlikni koʻrsatish maqsadida “We are more open than usual” (Odatdagidan koʻra koʻproq ochiqmiz) yozuvli lavhalar osib qoʻyishgan. Agar ularning bunday xarakterdagi lavhalarni osish sababini tushungan boʻlsangiz, maqolada eslatilgan 1930-yillarning oxiriga yaqin sodir boʻlgan voqeani javob varaqangizga yozing.