[Chigal yozdi] Duplet. 1. Statistikaga ko‘ra, erkaklarning 96 foizi buning istiqbolidan juda xavotirda, 50 foizi esa bunga "bir bahya" qolgan. Buni ayting. 2. Superqahramon Getmen haqidagi qisqa radiolavhalardan birida xizmatlari ancha qimmat bo‘lgan mutaxassis ishtirok etadi. Ko‘pchilik unga haq to‘lagandan so‘ng, tishini tokchaga qo‘yishga majbur bo‘lgan. Ushbu mutaxassisning kasbini ayting.