"Oddiy kukun" (Obichniy poroshok). "Prokter end Gembl" kompaniyasi oʻz mahsulotlarini tinimsiz reklama qilib, "Ariel" kir yuvish kukunining afzalliklarini doimiy ravishda qandaydir "oddiy kukun" bilan solishtiradi. Angarsk maishiy kimyo zavodi oʻz mahsulotini "Qoʻlda va mashinada yuvish uchun oddiy kukun" nomi bilan roʻyxatdan oʻtkazdi va uni "Ariel"dan 6 baravar arzon sotmoqda.