gotquestions.online

BLITS 1. Ertaklardagi uy hayvonlari haqidagi barcha eslatmalarning 84 foizi ushbu hayvonga to‘g‘ri keladi. Insonning bu do‘sti kim? 2. Isahak Nyutonning qabri ustiga uning xizmatlari xotirasiga ingliz shoiri A. Popning quyidagi satrlari yozilgan: Tabiat nizo-yu qonuni pinhon, Zulmatda yashirin edi u har on. Xudo dedi: "Nyuton, bo‘lgin namoyon!" Va nurga g‘arq bo‘ldi butun bir jahon. Biroq, bir muncha vaqt o‘tgach, ushbu epigrammaga o‘ziga xos "qo‘shimcha" chiqdi: Lek shayton revanshni kutmadi uzoq, Eynshteyn keldi-yu... Eynshteyn kelganidan keyin nima sodir bo‘ldi? 3. Bir paytlar bu boshoqli o‘simlik ma’lum bir rus landshaftining asosiy o‘simligi hisoblangan, bu uning lotincha nomi — Stipa'da ham o‘z aksini topgan. Bu qaysi o‘simlik?

Manba