Koʻr-koʻrona qurʼa tashlash natijasida Chempionlar ligasining 1/8 finalidanoq "Chelsi" va "Barselona" kabi ikki superklubdan biri chiqib ketishga mahkum boʻldi. Dortmundning "Borussiya"si va Italiyaning "Parma"si bankrot deb eʼlon qilindi. Kiyevning "Dinamo"si aksiyalari xatlandi... Mashhur roman nomiga bitta harf qoʻshib, jurnalistlar ushbu unvonli jamoalarning har biri uchun aniq laqab oʻylab topishdi. Bu qanday laqab?