Blits. 1. Uning maydoni taxminan 200 ming kvadrat kilometr. Fransuzlar uni Gaskon deb atashadi. Biz uni nima deb ataymiz? 2. Ushbu Afrika davlatining nomi ikki qismdan iborat. Bir qismi qoʻshni davlatning nomi, ikkinchisi esa birinchi davlat poytaxtining nomi. Bu poytaxt qanday nomlanadi? 3. Ushbu arxipelag tarkibiga Yangi Britaniya ham, Yangi Irlandiya ham kiradi, ammo u bir nemis sharafiga nomlangan. Shu nemisning ismini ayting.