Blits. 1. Derazalarni oynalash bilan shugʻullanuvchi Milan firmasining 20 yilligi munosabati bilan uning rahbari shahardagi 14 yoshdan kichik barcha oʻgʻil bolalarga sovgʻa berdi. U ularga nima sovgʻa qildi? 2. Maʼlumki, Rossiya temir yoʻllaridagi baʼzi poyezdlarning oʻz nomi bor. Misol tariqasida mashhur "Qizil oʻq" (Sankt-Peterburg — Moskva) va "Rossiya" (Moskva — Vladivostok) poyezdlarini keltirish mumkin. Koʻpincha poyezdlarga yoʻlovchilarning oʻzlari nom berishadi: masalan, Moskva — Gorkiy-Moskovskiy poyezdini "Oltin Xoxloma" oʻrniga koʻpchilik "Oltin Xoxma" (Oltin hazil) deb atashadi. Qaysi shaharlarning ikkita asosiy stansiyasi oʻrtasida qatnaydigan poyezd "Ona-Ota" laqabiga ega edi? 3. Shunday hazilomuz fikr borki, prezidentligining birinchi kechasidayoq kichik Bush tush koʻradi, tushida u oʻzidan oldingi prezidentlarga bir xil savol bilan murojaat qiladi: "Kelajak avlodlar meni unutmasligi uchun nima qilishim kerak?". Reygan unga Rossiya bilan yaxshi munosabatda boʻlishni maslahat beradi. Nikson — birovlarning ishiga aralashishni. Klinton — gohida xotiniga xiyonat qilishni... Avraam Linkoln unga nima deb maslahat bergan?
1. Rogatka (toshotar). 2. Odessa va Rostov. Qabul: Odessa va Rostov-Don. 3. Teatrga borishni.