Blits. 1. Tergov davomida Myunxenlik antropolog ushbu shaxsga quyidagicha tavsif bergan: "Yuzi va boshi irqiy jihatdan nuqsonli, peshonasi past va qiyshiq, yonoqlari keng, koʻzlari kichik". Biz sizdan bu odamning ismini soʻramaymiz. Sizga tarqatilgan materialda tasvirlangan uning buvisining familiyasini yozing. 2. Vikipediyaning bir Yevropa davlati haqidagi maqolasida aytilishicha, hali XIV asrda uning baʼzi viloyatlari shartnomalarida "stillsitzen" atamasi qoʻllanilgan, tarjimasi — "tinch oʻtirish". Qaysi davlat haqida gap bormoqda? 3. Ingliz tilida bu soʻz "pakanagina semizvoy" yoki "yiqilib tushgan, singan va tiklab boʻlmaydigan narsa" kabi maʼnolarga ega. Hammamizga yaxshi maʼlum boʻlgan uning oʻzbek (yoki rus) tilidagi tarjimasini ayting.